15:58 / 15.12.2024
10

Dizraeli: adabiyotda mag‘lubiyat, siyosatda muvaffaqiyat

Dizraeli: adabiyotda mag‘lubiyat, siyosatda muvaffaqiyat
Angliya bosh vaziri Benjamin Dizraeli o‘zining kuchli irodasi tufayli yuksak mavqega yo‘nalgan yagona maqsadiga erishgan. U o‘z faoliyatini yozuvchi sifatida boshlagan, ammo bu sohada nom chiqara olmagandi. Garchand bir olam kitob chop ettirsa-da, ulardan birortasi ham omma orasida mashhur bo‘lmadi...

Adabiyotda mag‘lubiyatga uchragan Dizraeli o‘z muvaffaqiyatsizligini boshqa sohada yanada ko‘proq harakat qilish kerakligi haqidagi chaqiriq sifatida tushundi. U siyosat bilan shug‘ullanishga ahd qildi. O‘z oldiga bag‘oyat ulkan britan imperiyasiga bosh vazir bo‘lishdek maqsadni qo‘ydi.

1837 yilda Dizraeli parlament a’zoligiga saylandi, ammo uning parlament majlisida so‘zlagan nutqi bir ovozdan mutlaqo muvaffaqiyatsiz chiqqan, deb topildi. Dizraeli bu omadsizligini «yana bir bor harakat qilib ko‘rish haqidagi chaqiriq» deb angladi. U zarracha chekinishni o‘ylamay, 1858 yilda Vakillar palatasi a’zosi bo‘ldi. Keyinroq moliya vaziri lavozimini egalladi. 1868 yilda esa o‘zining tub maqsadini amalga oshirdi ─ bosh vazir kursisiga o‘tirdi.

Ammo siyosatda kurashlar aslo susaymaydi. Parlamentda kuchli muxolif bilan olib borgan kurash natijasida Dizraeli iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi. Biroq u o‘zining vaqtinchalik mag‘lubiyatini muvaffaqiyatsizlik deb hisoblash fikridan uzoq edi va ikkinchi marta bosh vazir bo‘lishga erishdi. Dizraeli buyuk imperiyaning yaratuvchisiga aylandi va o‘z ta’sir ko‘lamini ko‘pgina yo‘nalishlarga o‘tkazdi.

Eng og‘ir vaziyatlarda Dizraeli ulkan iroda kuchiga tayandi. Bu kuch uni kutilmagan omadsizliklarda qo‘llab-quvvatladi va g‘alaba tuhfa etdi. Qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlarining mohiyati nimada ekanligi so‘ralganida, Dizraeli bir jumla bilan shunday javob bergan edi: «Muvaffaqiyatning siri – maqsadning doimiyligida».

Afsuski, juda ko‘plab odamlar muvaffaqiyatsizlikka yo‘liqqach, darrov ortga chekinadilar. Vaholanki, aksar hollarda ularni g‘alabadan bor-yo‘g‘i bir qadam ajratib turgan bo‘ladi.

Muvaqqiyatsizlik va tushkunlikni bartaraf etishning bitta qoidasi mavjud: salbiy hissiyotlarni muayyan harakatlar rejasiga aylantirish kerak. Bu shunday qoidaki, uning aslo muqobili yo‘q.

Sizdagi ong qurilmasi hayotingizning asosiy holati bo‘lib, uning ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishingiz kerak. Bu imtiyoz o‘z navbatida juda katta mas’uliyatni qamrab oladi. Shu tariqa u hayotingizda sal bo‘lmasa asosiy belgilovchi omilga aylanishi mumkin. Agar siz bu imtiyozni ehtiyot qilmasangiz, muayyan maqsadni amalga oshirish uchun ichki ongli qurilmani shakllantirishni istamasangiz, ixtiyoringizdan tashqaridagi hayotiy vaziyatlar bu ishni siz uchun bajaradi va natija ko‘pincha judayam yoqimsiz bo‘ladi!

Agar ong qurilmangizni kerakli tarzda «sozlasangiz», u sizni o‘zingiz istagan maqsad sari olib boradi. Bordi-yu, aksi bo‘lsa, ya’ni hukmingizdan tashqaridagi vaziyatlar ongingiz qurilmasini shakllantirishiga imkon yaratsangiz, ular sizni so‘zsiz ravishda hayotning ulkan daryosidagi muvaffaqiyatsizliklar qirg‘og‘i tomon eltadi.

Shunday ekan, hayotingizni to‘la-to‘kis nazorat qilish uchun irodangizni jamlang. Sizning miyangiz ─ sizning qulingiz. U barcha istaklaringizni ado etadi. Ana shunda biror kishi sizga ixtiyoringizdan tashqari zarracha ta’sir ko‘rsata olmaydi. Aql-idrokingizni ishga solib, uni kuchlaringiz xizmatiga qo‘ying.

Erkinlik, mustaqillik va moliyaviy tayanch – bular o‘zini tuta olish natijasida ifodalanadigan shaxsiy tashabbus natijalaridir. Har bir insonda mavjud bo‘lgan bu istak-xohishlarni boshqa birorta usul bilan amalga oshirish mumkin emas.

Siz qayerda bo‘lmang, kim bo‘lmang, o‘zligingizcha qolaverasiz, chunki ongli ichki qurilmangiz aynan shuni taqozo etadi.

(Napoleon Xill kitobidan)

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dizraeli: adabiyotda mag‘lubiyat, siyosatda muvaffaqiyat