“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasining muvaffaqiyatsizlik to‘ridan chiqa olmayotganiga qaramay, klubdan ketish niyati yo‘qligini ochiq aytdi.
- Agar “Manchester Siti”ni hozirgi holatda tashlab ketadigan bo‘lsam, keyin o‘zimni kechira olmayman!
Bu vaziyatda ketishimni o‘ylasam, uyqum qochib ketyapti. Buning imkoni yo‘q. Agar shunday o‘ynashda davom etsak, meni bo‘shatib yuborishlari hech gap emas.
O‘zim esa, ixtiyorim bilan ketmayman. Bunday qilishimning iloji yo‘q, - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Xosep Gvardiola “shaharliklar”ga 2016 yildan beri ustozlik qiladi. Klubning eng muvaffaqiyatli davri aynan ispan mutaxassisi ishlagan davrga to‘g‘ri keladi. Biroq joriy mavsumda “Manchester Siti” jarohatlarning ko‘pligi tufayli o‘z darajasini namoyish qila olmayapti. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Finlyandiya safarbarlikdan qochgan rossiyaliklarga boshpana bermay qo‘ydi
Slovakiya bosh vaziri: Ukraina mojaro natijasida hududlarining uchdan bir qismini yo‘qotadi
Tramp Eron bilan ehtimoliy urushni istisno etmadi
Checheniston poytaxti Grozniy yana Ukraina dronlari hujumiga uchradi (video)
O‘zbekistonlik 18 yoshli futbolchi La Liga klubiga o‘tdi