22:13 / 12.12.2024
14

Janubiy Koreya prezidenti iste’foga chiqishdan bosh tortdi

Janubiy Koreya prezidenti iste’foga chiqishdan bosh tortdi
Foto: Reuters
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol xalqqa televideniye orqali murojaat qilib, iste’foga chiqishdan bosh tortishini e’lon qildi.

Yun Sok Yol, shuningdek, o‘ziga qo‘yilgan isyon qilish ayblovlarini rad etdi. Siyosatchining ta’kidlashicha, u “millatni himoya qilish va davlat ishlarini izga solish maqsadida” harbiy holat joriy etishga uringan.

Menga nisbatan impichment e’lon qilinsa yoki tergov boshlansa ham, men halollik bilan bunga qarshi turaman”, dedi u.
Siyosatchi muxolifat mamlakatni “milliy inqiroz”ga boshlab borayotganini aytdi va “so‘nggi daqiqagacha xalq bilan yelkama-yelka kurashishga” va’da berdi. Prezidentning fikricha, muxolifat ustunlik qilayotgan parlament “liberal demokratiyaning konstitutsiyaviy tartibini buzadigan mahluqqa aylangan”.

Iltimos, menga ishoning”, deya prezident harbiy holatdan hayratga va tashvishga tushganlardan yana bir bor uzr so‘radi.
Siyosatchi “harbiy holat e’lon qilgani uchun yuridik va siyosiy javobgarlikdan qochmasligini” qo‘shimcha qildi.

Janubiy Koreyada kutilmaganda harbiy holat

Joriy yilning 3 dekabr kuni Janubiy Koreya prezidenti “Shimoliy Koreyani qo‘llab-quvvatlovchi kuchlarni yo‘q qilish” va “konstitutsiyaviy tartibni qo‘llab-quvvatlash” uchun harbiy holat e’lon qildi. Kutilmagan qaror Yun Sok Yolning “Fuqarolik kuchi” partiyasi va “Toburo” muxolifat demokratik partiyasi o‘rtasida budjet loyihasi bo‘yicha bahs-munozaralar fonida qabul qilindi.

Milliy assambleya harbiy holatga qarshi chiqdi va uni bekor qilishga erishdi. Yun Sok Yol uni kiritgani uchun fuqarolardan uzr so‘radi va buni takrorlamaslikka va’da berdi.

Hozirda muxolifat prezident impichmentiga erishmoqchi. Avvalroq Yun Sok Yolga Janubiy Koreyadan chiqish taqiqlangan, u tergov ostida. 7 dekabr kuni parlament davlat rahbariga impichment e’lon qilishga urindi, ammo bu urinish hukmron partiyadan saylangan parlamentariylar tomonidan ovoz berish boykot qilingani sababli muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Janubiy Koreya politsiyasi 11 dekabr kuni Yun Sok Yol ma’muriyatida tintuv o‘tkazdi. Bir kun avval esa sud harbiy holat e’lon qilinishiga aloqadorlikda ayblanib, davlatga xiyonatda ayblangan sobiq mudofaa vaziri Kim Yong Hyunni hibsga olish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bundan tashqari, Milliy politsiya agentligi bosh komissari Cho Ji Xo va Seul politsiyasi boshlig‘i Kim Bon Sik hibsga olingan. Kim Yon Hyun o‘z joniga qasd qilishga uringan, ammo uning oldi olindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreya prezidenti iste’foga chiqishdan bosh tortdi