16:45 / 15.12.2024
15

Namanganda xalqaro ko‘rgazma: qiymati xonadonga teng otlar, 200 kiloli qo‘ylar va osmonga uchirilgan kabutarlar (foto, video)

Namanganda xalqaro ko‘rgazma: qiymati xonadonga teng otlar, 200 kiloli qo‘ylar va osmonga uchirilgan kabutarlar (foto, video)
Namanganda 2-xalqaro zotdor hayvonlar va parrandalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Ko‘rgazmada mamlakatning turli viloyatlari va xorijdan kelgan qatnashchilar 700 dan ortiq zotli chorva hayvonlari va parrandalar bilan ishtirok etdi.

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov
Ular uchun Yangi Namangan tumanidagi “Yoshlik baraka” bozoridan maxsus joy ajratib berildi.

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov
Ko‘rgazmada narxi hashamatli xonadonga teng ot, tuya va novvoslar, qariyb 200 kilogramm tosh bosadigan Arashan va Hisor qo‘ylari, zotli quyon, tovuq, kabutar va bedanalar namoyish etildi.

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov
Tomoshabinlar olqishlari ostida kabutarlar osmonga uchirildi.

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov
Ko‘rgazmada kun davomida 30 ming nafardan ziyod mahalliy, mingga yaqin xorijiy mehmonlar oqimi kuzatildi.

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov
Tadbir yakunida hakamlar tomonidan g‘oliblar aniqlanib, 3 ta yo‘nalishda umumiy hisobda 45 nafar ishtirokchi sovrinlar va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda xalqaro ko‘rgazma: qiymati xonadonga teng otlar, 200 kiloli qo‘ylar va osmonga uchirilgan kabutarlar (foto, video)