15:30 / 15.12.2024
14

Qashqadaryoda unashtirilgan qizini pichoqlagan yigitga hukm o‘qildi

Qashqadaryoda unashtirilgan qizini pichoqlagan yigitga hukm o‘qildi
Qashqadaryoda o‘zi unashtirilgan qizni Qarshi davlat universiteti hovlisida pichoqlagan yigitga hukm o‘qildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa 2024 yil 22 iyun kuni sodir bo‘lgandi. Qarshi tumani, “Uzunnavo” MFYda yashovchi yigit M.E. Qarshi davlat universitetiga kelib, 4-bosqich talabasi S.T. ni qasddan o‘ldirmoqchi bo‘lgan. U o‘zi bilan birga olib kelgan oshxona pichog‘ini qizning tanasiga bir necha marotaba sanchgan.

So‘ng pichoqni o‘zining qorin sohasiga ham sanchib, og‘ir tan jarohati yetkazib, RSHTYOIAM Qashqadaryo filialiga yotqizilgan.

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, M.E. o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan S.T.ning oila a’zolari unashtiruvni bekor qilib, qizning unga turmushga chiqishiga qarshilik qilgani sababli, u bilan o‘zaro janjallashib, uni qasddan o‘ldirish maqsadida 22 iyun kuni ertalab universitetga kelgan.

U S.T.ni yoniga chaqirib, u bilan o‘zaro tortishgan va universitet 2-o‘quv binosi oldida qizga pichoq bilan zarba bergan. Atrofdagilar tomonidan uning jinoiy xatti-harakatlari to‘xtatib qolingach, pichoqni o‘ziga urgan.

Shundan so‘ng yigit hibsga olingan va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Zamon” informatsion dasturida berilgan lavhada aytilishicha, bir necha kun avval mazkur jinoyat ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudida ko‘rib chiqilgan. Unda davolanib, sog‘ligini tiklagan qizning o‘zi ham ishtirok etgan.

Yigit Jinoyat kodeksining moddasi bilan aybdor deb topilgan. Sudya unga 11 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini bergan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda unashtirilgan qizini pichoqlagan yigitga hukm o‘qildi