
Ertaga Fransiyaning Monte-Karlo shahrida professional boks turniri o‘tkaziladi.
Ushbu oqshom doirasida esa, professional boksning yarimengil vaznda sobiq jahon chempioni bokschimiz Murodjon Ahmadaliyev (12-1, 9 KO) ringga ko‘tariladi. Uning bu safargi raqibi meksikalik Rikardo Espinosa Franko (30-4, 25 KO). Jang 12 raundga belgilangan bo‘lib, vaqtinchalik WBA chempionlik kamari uchun kechadi.
Murodjonga yaqindan yordam berish va qo‘llab-quvvatlash uchun, terma jamoamiz bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev va Ozod Hasanovlar ham hozirda Monte-Karloda bo‘lib turishibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar