Safeture kompaniyasi e’lon qilgan «Xatarlar xaritasi-2025»ga ko‘ra, dunyoning qariyb 80 mamlakatida xavfsizlik bo‘yicha vaziyat yanada yomonlashdi. Mutaxassislar ilgari barqaror sanalgan ayrim hududlarda ham iqlimiy va siyosiy mummolar sababli xatarli holat yuzaga kelganini ta’kidlab, u tomonlarga bormaslikni tavsiya qilishmoqda.
«Xatarli mamlakatlar ro‘yxatidagi ba’zilari hech kim uchun «syurpriz» emas. Somali, Suriya, Sudan, Yaman, Ukraina «bir necha yillardan buyon eng xavfli mamlakatlar» hisoblanadi», — deyiladi Safeture hisobotida.
Kompaniya tahlilchilariga ko‘ra, 2024 yilda xavfsizlik bo‘yicha vaziyat yomonlashgan 77 mamlakat orasida, ayniqsa, Yaqin Sharq (Isroil, G‘arbiy sohil, G‘azo sektori, Livan va Eron ko‘zda tutilmoqda) sayyohat uchun «o‘ta xavfli» yo‘nalish bo‘lib qolmoqda.
Burkina-Faso, Liviya va Myanma «eng xavfli» mamlakatlar deya tasniflandi. 2024 yilda isyon va tartibsizliklar ortidan favqulodda vaziyat e’lon qilingan Yangi Kaledoniya ham ular qatoriga qo‘shildi.
Dam olish uchun doim eng ommaviy yo‘nalishlardan sanalgan Maldiv orollarida xavfsizlik holati «o‘rtacha» darajaga pasaydi: mamlakatda siyosiy barqarorlik izdan chiqib, ijtimoiy ziddiyat va diniy ekstremizm kuchayib bormoqda. Qolaversa, iqlim o‘zgarishlari oqibatlari (suv toshqinlari va sohillarning yemirilishi) orolliklarga jiddiy xavf solmoqda.
Dunyoning eng tinch mintaqasi sanalgan Yevropada ham xavfsizlik darajasi pasaydi. Fransiya, Ispaniya, Shvetsiya va Buyuk Britaniya «xavflilik darajasi o‘rtachaga yaqin» mamlakatlar toifasiga kiritildi. Sayyohlar Italiya, Niderlandiya va Polshada siyosiy to‘lqinlar (namoyishlar) va ekologiya muammolari (suv toshqinlari va bo‘ronlar)ga duch kelishlari mumkin.
Shunga qaramasdan, eng xavfsiz hududlar hamon Yevropada: Bern (Shveysariya) dunyoning xavfsiz shahri deya e’tirof etildi.
Eng xavfsiz shaharlar reytingi tepasida, shuningdek, Doha (Qatar), Melburn (Avstraliya), Monreal (Kanada), Maskat (O‘mon), Ottava (Kanada) va Seul (Janubiy Koreya) joylashgan.
Argentina, Armaniston, Bosniya va Gersegovina, Xitoy, Marokash va Kubada xavfsizlik bo‘yicha vaziyat yaxshilanib, «xavflilik darajasi o‘rtachaga yaqin» mamlakatlar sifatida toifalandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Konstitutsiyaviy sud: Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Suriyada isyonchilar Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Bolgariya va Ruminiya 1 yanvardan Shengen zonasiga to‘liq qo‘shiladi
AQSHning ehtimolli sanksiyalari dovrug‘i ostida rublning kursi yana pasaydi
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali nimalarni muhokama qildi?