Foto: AP
Milliy Assambleya tomonidan impichment e’lon qilingan prezident Yun Sok Yol bu masala Konstitutsiyaviy sud tomonidan ko‘rib chiqilgunga qadar lavozimidan chetlatildi. Bu haqda Yonhap xabar berdi.
Janubiy Koreya bosh vaziri Xan Duk Su muvaqqat prezident vazifasini bajaradi.
Konstitutsiyaviy sud bayonotiga ko‘ra, prezidentga nisbatan impichment e’lon qilish haqidagi Milliy Assambleya qarori sudga taqdim etilgan va qarorni muhokama qilish jarayoni boshlangan. Bu masala bo‘yicha yig‘ilish 16 dekabr kuni o‘tkaziladi, deb xabar berdi Anadolu.
Janubiy Koreyada Konstitutsiyaviy sud prezidentga impichment jarayoni bilan bog‘liq dalillarni tinglash va baholash uchun 6 oyga muddatga ega. Agar sudning 9 nafar sudyasidan 6 nafari qarorni ma’qullasa, prezident lavozimidan chetlatiladi. So‘ngra, 60 kun ichida yangi prezident saylanishi kerak. Bu tartib davlat rahbari iste’foga chiqqan taqdirda ham amal qiladi.
Yun Sok Yol – Janubiy Koreyaning 13-prezidenti. U 2019-2021 yillarda mamlakat bosh prokurori bo‘lgan, 2022 yilgi saylovda g‘olib bo‘lib, prezident lavozimini egallagan. 3 dekabr kuni u kutilmaganda harbiy holat e’lon qildi. U xalqqa murojaatida ushbu qarorini muxolifatning «davlatga qarshi faoliyati» bilan izohladi. Ammo muxolifatdagi Demokratik partiya va hukmron «Xalq hokimiyati» partiyasining qarshiligi bilan, parlament bir necha soat ichida harbiy holatni bekor qilishni yoqlab ovoz berdi. Shundan keyin prezident o‘z fikrini o‘zgartirib, harbiy holatni bekor qildi, keyinchalik xalqdan uzr so‘radi.
Yun Sok Yolga nisbatan davlatga xiyonat va hokimiyatni suiiste’mol qilish bo‘yicha tergov boshlandi. Tergov doirasida davlat rahbariga mamlakatdan chiqish taqiqlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Yaponiya kompaniyalari Oyda foydali qazilmalarni qazib olmoqchi
Qrim parlamenti rahbari: Trampning Ukraina bo‘yicha rejasi Zelenskiy uchun signal
Hindistonlik Gukesh Dommaraju shaxmat tarixidagi eng yosh jahon chempioni bo‘ldi
Ramzan Qodirov go‘zallik salonlarini yopishga chaqirdi
Prezident uy-joyga to‘lov qilish bo‘yicha yangi tizim bilan tanishdi