08:59 / 15.12.2024
37

Murodjon Ahmadaliyev raqibini "yanchib tashladi"...

Murodjon Ahmadaliyev raqibini "yanchib tashladi"...
15 dekabr, shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi Monte-Karloda professional boks kechasi o‘tkazilib, oqshomning markaziy jangi o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev ishtirokida o‘tdi.

Professional boksning yarim yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev (12-1, 9 KO) meksikalik Rikardo Espinosa Frankoga (30-4, 25 KO) qarshi ringga ko‘tarildi. 12 raundga belgilangan jangda WBA Interim (vaqtincha) chempionlik kamari tikilgan edi.

Jangni shiddatli boshlagan Murodjon 3-raunddayoq raqibini ringga qulatdi. Ushbu raundda Espinosani ikki marta nokdaun holatiga tushirgan o‘zbek bokschisi 3-marta raqibini ringga yiqitgach, referi nokaut qayd etib, jangni to‘xtatdi. Natijada, Ahmadaliyev WBA Interim kamari sohibiga aylandi.

Jangdan keyin o‘zbekistonlik bokschi 2025 yilda yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoi Inouega qarshi ringga chiqishni kutayotganini aytdi. Ahmadaliyev Naoidan kamar sohibligini yo‘qotishdan qo‘rqmasa, u bilan jangga chiqishga tayyorligini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murodjon Ahmadaliyev raqibini "yanchib tashladi"...