20:25 / 24.11.2019
3 329

Dunyo bo'ylab eng arzon hamda shinam yotoqxonalar

Dunyo bo'ylab eng arzon hamda shinam yotoqxonalar
Talabalar yoki yakka holda sayohat qiluvchilar borgan joylarida tabiiyki, qulay, shinam hamda arzon turarjoy qidirishadi. Agar bu borada boshingiz qotayotgan bo‘lsa, biz sizga bir nechta tanlovlarni havola etamiz. Quyida biz tavsiya qiladigan joylar sizga manzur kelishi aniq.

1. Stone City yotoqxonasi, Albaniya - Qadimgi Girokaster shahrining qoq markazida joylashgan ushbu yotoqxona eng diqqatga sazovor joylardan biri go‘zal qasr hamda tarixiy obidalar yonginasida joylashgan. Narxi: xususiy xonalar 22 funtdan, yotoqxonalar 8 funtdan.

2. Tog‘ etagidagi yotoqxona, Andorra - Andorraning ekologik toza tog‘li xosteli tog‘ sporti va chang‘i sporti, snoubord, otda yurish va qish mavsumida chang‘i uchish, tog‘da velosiped uchish, piyoda sayohat uchun juda mos keladi. Eng muhimi, qishin-yozin ishlaydi. Narxi: bir kecha uchun 22 funt.

3. Kantar, Armaniston - Yerevanning markazida, Respublika maydonidan bir daqiqalik uzoqlikda joylashgan bu shinam yotoqxonada to‘rtdan sakkiz kishigacha sig‘imga ega bo‘lgan balkonli yotoqxonalar mavjud. Narxi: bir kecha uchun 10 funt.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyo bo'ylab eng arzon hamda shinam yotoqxonalar