12:13 / 29.12.2019
3 632

Rossiyaning eng badavlat ayoli qidiruvga berildi

Rossiyaning eng badavlat ayoli qidiruvga berildi
Foto: RIA Novosti
Rossiyaning eng badavlat ayoli, Moskvaning sobiq meri Yuriy Lujkovning bevasi va Inteco Management kompaniyasi prezidenti Yelena Baturina tuhmat qilish bo‘yicha jinoiy ish figurantiga aylandi. Baturinaga qarshi jinoiy ish uning ukasi, “Inteko”ning sobiq birinchi vitse-prezidenti Viktor Baturinning bankrotga uchrashi ishi bo‘yicha moliyaviy boshqaruvchi Erensen Manjeyevning da’vo arizasi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan. Shu munosabat bilan Baturina qidiruvga berilgan va unga sud majlisiga kelish majburiyati yuklangan. Bu haqda Baturinaning advokati Dmitriy Savochkin ma’lum qildi.

Manjeyev Qolmig‘iston poytaxti Elista sudiga sentabrda shikoyat qilgan. Bunga Yelena va Viktor Baturinlar o‘rtasida Avstriyada borayotgan sud jarayoni sabab bo‘lgan. Ushbu sud jarayoni davomida Yelena Baturina uning mablag‘lariga qalbaki hujjatlar yordamida kirish huquqini olish bilan bog‘liq holda Manjeyevga qarshi Rossiyada jinoiy ish borayotganini aytgan. Manjeyevning ta’kidlashicha, Baturinaning bu so‘zlari haqiqatga mos kelmaydi va shu sababli unga qarshi tuhmat qilish bo‘yicha da’vo arizasi berishga asos bo‘lgan.

Savochkin biror odam unga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilganini bilsa-da, biroq sudga kelmasa qidiruvga berilishini eslatib o‘tgan. U Baturinaga ochilgan jinoiy ish bo‘yicha izoh bermagan.

Yelena Baturina Forbes nashri bo‘yicha Rossiyaning eng badavlat ayoli hisoblanadi. 2019 yilda uning boyligi 1,2 mlrd dollarga yetgan. Lujkovning bevasi hozirda asosan xorijda ishlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning eng badavlat ayoli qidiruvga berildi