11:42 / 31.12.2019
2 453

Nissan’ning uy qamog‘ida bo‘lgan sobiq rahbari Yaponiyani ruxsatsiz tark etdi

Nissan’ning uy qamog‘ida bo‘lgan sobiq rahbari Yaponiyani ruxsatsiz tark etdi
Karlos Gon Foto: Andrey Xolmov/TASS
Renault-Nissan-Mitsubishi alyansining sobiq rahbari, Yaponiyada uy qamog‘ida bo‘lgan Karlos Gon Kunchiqar mamlakatni ruxsatsiz tark etdi. Bu haqda 31 dekabrda huquq-tartibot idoralariga iqtibos keltirgan holda Kyodo axborot agentligi xabar berdi.

Tokio okrug sudida Goning uy qamog‘ida saqlanish shartlari o‘zgarmagani va u Yaponiyani tark etishga ruxsat olmagani ma’lum qilingan.
NHK telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda milliy immigratsiya xizmati Gon Yaponiyani boshqa ism ostida tark etgani versiyasini tekshirmoqda, chunki uning ma’lumotlari Yaponiyani tark etganlar ro‘yxatida bo‘lmagan.

Avvalroq OAVda Gon 30 dekabr kechasi Turkiyadan Livanga xususiy samolyotda kelgani ma’lum qilingan.
31 dekabrda Gon Livanda ekanligini tasdiqladi.

“Men odil sudlovdan emas, balki adolatsizlik va siyosiy ta’qibdan qochmoqdaman”, deb aytgan Nissan’ning sobiq rahbari. U Yaponiya sud tizimini odamlarga ularning asosiy huquqlarini rad etishda ayblagan va uning “asirida qolish” niyatida emasligini aytgan. Gonning ta’kidlashicha, qochish unga matbuot bilan muloqot qilishga imkoniyat beradi.

Karlos Gon 2018 yil noyabrda Yaponiyada daromadni tegishli ravishda deklaratsiya qilmagani uchun hibsga olingan. Keyinroq unga boshqa ayblovlar ham bildirilgan.

2019 yil aprelda Gon turmadan ozod qilinib, uy qamog‘iga jo‘natilgan. Unga Tokiodagi kvartirasini tark etish va hattoki ruxsatsiz rafiqasi bilan uchrashish ham taqiqlab qo‘yilgandi.

65 yoshli Gon ustidan sud jarayoni 2020 yil bahorda boshlanishi kerak edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nissan’ning uy qamog‘ida bo‘lgan sobiq rahbari Yaponiyani ruxsatsiz tark etdi