15:02 / 10.05.2024
208

Lukashenko: “Dunyo mamlakatlari dollar va yevroga qiziqishni yo‘qotmoqda”

Lukashenko: “Dunyo mamlakatlari dollar va yevroga qiziqishni yo‘qotmoqda”
Foto: RIA Novosti
Aleksandr Lukashenko Rossiya va Belarusdan tashqari ko‘plab davlatlar dollar va yevrodan foydalanishga qiziqishlarini yo‘qota boshlaganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tendensiya Rossiyaning G‘arbda saqlanayotgan oltin-valyuta zaxiralarini musodara qilish bilan bog‘liq.

"Endi na dollar, na yevro hech kimga kerak emas. Bu endi nafaqat Belarus va Rossiyada, balki ko‘plab mamlakatlarda shunday", — dedi Lukashenko.

Lukashenkoning aniqlik kiritishicha, u ko‘plab yetakchilar bilan aktivlarni musodara qilish mavzusida suhbatlashgan. Davlat rahbarlari agar bu yadroviy derjavaga nisbatan amalga oshirilgan bo‘lsa, boshqa mamlakatlarni qanday kelajak kutayotganidan xavotir bildirgan.

Avvalroq xalqaro siyosatshunos Timur Shofir Qo‘shma Shtatlar jahon iqtisodiyotining dollarsizlanishiga javoban BRIKS Yangi taraqqiyot bankiga qarshi sanksiyalar joriy etishi mumkinligini istisno qilmagandi.

"Besh-olti yil ichida Xitoy iqtisodiyoti Amerika iqtisodiyotini har tomonlama ortda qoldiradi", — deya xulosa qilgan xalqaro masalalar bo‘yicha ekspert.

Bungacha AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning maslahatchilari tashqi savdoda AQSH dollaridan foydalanishdan voz kechayotgan davlatlarga nisbatan sanksiyalar joriy etish imkoniyatlarini muhokama qilgan. Chora-tadbirlar valyuta uchun xavflarni kamaytirish maqsadida rivojlanayotgan bozorlarga ega mamlakatlarga qarshi qaratilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko: “Dunyo mamlakatlari dollar va yevroga qiziqishni yo‘qotmoqda”