13:13 / 31.01.2020
4 312

Dunyoning eng boy odami 15 daqiqa ichida yana 13 mlrd dollarga boyidi

Dunyoning eng boy odami 15 daqiqa ichida yana 13 mlrd dollarga boyidi
Foto: Getty Images
Amazon rahbari va dunyoning eng boy odami Jeff Bezos bor-yo‘g‘i 15 daqiqa ichida yana 13 mlrd dollarga boyidi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

Bezosning yanada ko‘proq boyishiga Amazon aksiyalarining 30 yanvardagi birja savdolari yopilishidan keyin elektron savdo vaqtida 12 foizga qimmatlashib, narxi 2,1 ming dollarga yetishi sabab bo‘lgan. Aksiyalar narxi kompaniyaning 4-chorak bo‘yicha muvaffaqiyatli hisoboti sababli keskin ko‘tarilgan. Hisobotga ko‘ra, kompaniyaning 4-chorak bo‘yicha daromadi 87,4 mlrd dollarni, bir aksiya uchun daromad esa mutaxassislar prognoz qilgan 4,11 dollar o‘rniga, 6,47 dollarni tashkil qilgan.

Shuning evaziga Amazon’ning 12 foiz aksiyasiga egalik qiluvchi Bezosning boyligi 129,5 mlrd dollarga yetgan. U hozirda dunyoning eng boy odami hisoblanadi.

Xuddi shunga o‘xshash voqea bir kun avval Tesla rahbari Ilon Mask bilan, biroq biroz “kamtarroq” ko‘rsatkichlar bilan yuz bergan. Tesla’ning chorak bo‘yicha hisoboti e’lon qilingach, kompaniya aksiyalari narxi keskin ko‘tarilib, Mask bir soat ichida 2,3 mlrd dollarga boyigandi. Hozirda uning boyligi 36 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoning eng boy odami 15 daqiqa ichida yana 13 mlrd dollarga boyidi