07:28 / 05.02.2020
2 851

Qozog‘istonning Aktau shahridagi kafelardan birida qurollangan shaxslar o‘q uzdi (video)

Qozog‘istonning Aktau shahridagi kafelardan birida qurollangan shaxslar o‘q uzdi (video)
Tibbiy niqob taqqan 2 nafar qurollangan shaxslar Aktau shahrining 7-mikrorayonida joylashgan kafeda o‘q uzdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q, deb xabar berdi Lada.kz.

Ushbu hodisa 2020 yil 1 fevraldan 2 fevralga o‘tar kechasi Aktau shahridagi karaoke barlaridan birida yuz berdi. Videokuzatuvlar lavhasida niqoblangan 2 kishidan biri mast holatda bo‘lgani va ular qanday qilib kafega kirishganligi aks etgan. Ikkalasida ham qurol bo‘lgan.

Karaoke barga kelgan erkak mehmon kirish yo‘lagida qurollangan shaxslardan birining qurolini tortib olishga uringan, ammo shu onda ikkinchi qurollangan shaxs unga qurol qaratganda, qarshilik ko‘rsatishga uringan mehmon qurollangan shaxsni qo‘yib yuborgan. Keyin erkaklar xotirjam zalga kirib u yerda ham o‘q uzib muassasa atrofida kimnidir qidirishayotgandek aylanib chiqib ketishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonning Aktau shahridagi kafelardan birida qurollangan shaxslar o‘q uzdi (video)