19:42 / 25.02.2020
3 271

Qozog‘istonda moliyaviy piramida aniqlandi — 9 kishi xalqaro qidiruvga berildi

Qozog‘istonda moliyaviy piramida aniqlandi — 9 kishi xalqaro qidiruvga berildi
Qozog‘istonda moliyaviy piramida aniqlandi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi tergov boshqarmasi boshlig‘i Sanjar Adilov brifingda ma’lum qildi.

Hozirda 22 ta jinoiy ish ko‘rib chiqilmoqda. Ulardan uchtasi moliyaviy piramidadir: Lombard 24, Esteyt Lombard hamda Foydali kredit”, — dedi Sanjar Adilov seshanba kungi brifingda.

Qozog‘iston IIV ma’lumotlariga ko‘ra, yetkazilgan zarar miqdori 5 mlrd tenge (125 mlrd so‘m)ni tashkil etadi. Zarar gumonlanuvchilarning mol-mulklari hisobidan qaytariladi.
Hozirda 9 nafar kishi, jumladan 3 nafar piramidalar asoschilari xalqaro qidiruvga berilgan. 13 kishi esa hibsga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda moliyaviy piramida aniqlandi — 9 kishi xalqaro qidiruvga berildi