Rossiya huquq-tartibot idoralari 18 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Dilshoda Yu.ning “bir necha oy davomida Moskvada jinsiy qullikka majburlangani” haqidagi arizasiga binoan tekshiruv o‘tkazyapti.
Qizning so‘zlariga ko‘ra, 2019 yil boshida u dugonasining taklifi bilan Moskvaga kelgan. Bu yerda unga do‘konda sotuvchilik qilishi haqida aytishgan. Ammo Dilshoda Moskvaga kelishi bilan uni fohishalik qilishga majburlashgan. Qizni Lyublino tumanidagi xonadonga olib borishgan va bir necha oy davomida erkaklarga pulli “xizmat ko‘rsatishi” uchun ushlab turishgan.
Oradan ikki oy o‘tgach, qiz bu xonadondan qochishning uddasidan chiqqan, biroq oradan ko‘p o‘tmay fohishaxona tashkilotchilari uni topib olib, kuch bilan ortga qaytargan.
Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, bir nechta qizlar muntazam ravishda uni kaltaklab, oilasidagilarni o‘ldirib yuborish bilan tahdid qilib, erkaklarga jinsiy “xizmat ko‘rsatish”ga majburlab kelgan.
Qiz ikkinchi marta ham fohishaxonadan qochishga muvaffaq bo‘lgan va bu safar politsiyaga borib, ariza yozgan.
Dilshoda Yu. ko‘rsatgan manzilga borgan politsiya xodimlari u yerda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan, 1990 va 2000 yili tug‘ilgan ayollarni qo‘lga olgan. Ayni holat bo‘yicha tekshiruv davom etayotgani aytiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi