13:53 / 15.03.2020
6 787

Koronavirus tarqalishida AQSHning qo‘li bormi?

Koronavirus tarqalishida AQSHning qo‘li bormi?
Foto: Google Photos
Rasmiy Vashington sog‘liqni saqlash sohasi budjetini 3 milliard dollarga qisqartirmoqchi bo‘lib turgan bir vaziyatda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi xodimi AQSHni koronavirusning ehtimoliy o‘chog‘i sifatida ayblab chiqdi, deb yozadi The Global Times nashri. Maqola mualliflariga ko‘ra, erkin Amerika jamiyatida koronavirus bilan xastalangan bemorlarning aniq sonini yashirish ikkiyuzlamachilik emasmi, deya so‘roqlaydi.

Koronavirus qanday tus olgan edi, degan savol yuzasidan Xitoy Tashqi ishlar vazirligi xodimi Chjao Litszyan 2019 yilning oktabr oyida Uxanga amerikalik harbiylar COVID–19 ni olib kelgan degan taxminni ilgari surdi. Tashqi ishlar vazirligi xodimining mazkur ayblovlari ham ayrim asoslarga ega. Bu asoslar, avvalo, AQSH Sog‘liqni saqlash departamenti bir muddat avval amerikaliklar grippdan vafot etganini ochiqlagan, analizlar ularda koronavirus mavjudligini aniqlagan. Janob Chjao AQSH hukumatidan koronavirus atrofidagi barcha sirlarni ommaga oshkor qilishni talab qilib chiqqan. Xitoyliklar hozirda mulozimning fikriga qo‘shilgan holda AQSHning izohini kutmoqda.

11 mart kuni Kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish markazi rahbari Robert Redfild vakillar palatasiga hisobot berar ekan, grippdan ayrim amerikaliklarning vafot etgani, tahlillar esa ularda COVID–19 ning aniqlanganini ma’lum qilgan. Bu esa o‘z navbatida, AQSH jamoatchiligida amerikaliklarning sog‘liqni saqlash tizimini shubha ostida qoldiradigan bahslarga sabab bo‘lgan. AQSH esa koronavirus bilan bog‘liq holat yuzasidan Xitoy hukumatini aybdor qilishda davom etib kelmoqda.

AQSH prezidenti oddiy grippdan yiliga 27 mingdan 70 minggacha amerikalik vafot etayotganini qayd etgan holda COVID–19 dan vafot etganlar soni 22 nafarni tashkil etadi, deya bayonot bergani faktlarni yashirishga urinish deya baholanmoqda.

AQSH Kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish departamenti ayni paytda jamoatchilik, kuzatuvchilar va amerikalik taniqli shifokorlarning tanqidi nishoniga aylandi. Ular nazarida AQSHning bozor qonunlari sharoitiga moslashgan tibbiyoti hozirda, asosan, foyda olishni ko‘zlovchi tijoratga aylanganki, aholi salomatligi va xavfsizligi ikkinchi darajali. Shunday bir vaziyatda Chjao tarafdorlari AQSH COVID–19 borasida biror-bir izoh berishini kutmoqda.

Nyu-Yorkdagi yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis Met Makmarti yaqinda qilgan chiqishida AQSHda tahlillarni tezda chiqarishga yordam beradigan zamonaviy qurilmalarning yetarli emasligi, kasallikni aniqlashga yordam beradigan test tizimlarga ehtiyojning ko‘pligi borasida AQSH hukumatini keskin tanqid qilgan edi. Uning bu fikrlari oddiy amerikaliklar orasida koronavirus bilan kasallanganlar soni keltirilgan raqamlardan-da ko‘ra ko‘proq bo‘lishi mumkin demoqda.

Bunday voqealar ortidan ko‘plab amerikaliklar Tramp ma’muriyatini kasallikka jiddiy e’tibor bermaslikda, sog‘liqni saqlash xodimlarining mas’uliyatsiz ekanida ayblab chiqmoqda. Bu kabi ayblovlar prezidentlik poygasi avjiga chiqayotgan bir paytda sodir bo‘lishi 2020 yil siyosiy manzarasi uchun qanday ta’sir qiladi, kuzatamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus tarqalishida AQSHning qo‘li bormi?