Foto: Global Look Press
«Yuventus» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z vataniga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda yordam bermoqchi, deb yozmoqda Marca nashriga asoslanib Kun.uz.
Nashr manbasining ma’lumot berishicha, futbolchi o‘ziga qarashli mehmonxonalarni koronavirusga chalinganlar uchun bepul kasalxonaga aylantirishni rejalashtirmoqda. U bu kasalxonalarda ishlaydigan xodimlar uchun o‘z yonidan maosh to‘lamoqchi.
Portugaliyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 41ta holat qayd etilgan.
Ronaldu hozirda Portugaliyada qolishni rejalashtirgan, chunki uning «Yuventus»dagi jamoadoshi Daniyel Ruganida koronavirus aniqlangan.
Futbol bo‘yicha Italiya chempionati koronavirus tarqalishi sababli noma’lum muddatga qoldirilgan.
15 mart maholatiga ko‘ra, butun dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 150 ming kishidan oshgan. Olti mingga yaqin kishi vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi