11:39 / 16.03.2020
3 153

JSST Yevropada koronavirusdan o‘lim holatlari yanada ko‘payishini taxmin qildi

JSST Yevropada koronavirusdan o‘lim holatlari yanada ko‘payishini taxmin qildi
Foto: Oded Balilty / AP
Yaqin haftalar ichida Yevropa davlatlarida koronavirusdan o‘lim holatlari ortishda davom etadi. Bu haqda «RIA Novosti» agentligiga Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) rasmiy vakili Tarik Yazarevich xabar berdi. U buni bir qator davlatlar epidemiyaning boshlang‘ich bosqichida turgani bilan izohladi.

Taqqoslash uchun, Italiyada so‘nggi kunlarda vafot etganlarning aksariyati 2-3 hafta oldin kasallangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida ushbu mamlakatda ham infeksiya qurbonlari soni, ham tuzalib ketganlar soni ortadi. Shu bilan birga, muammo shundan iboratki, Italiyada koronavirus tez tarqalishi sharoitida bemorlarning aloqalarini kuzatib borish ancha qiyinlashdi.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 15 mart holatiga ko‘ra dunyoda 153,5 mingta kasallanish holati qayd etilgan (Xitoydan tashqarida 72,4 mingta). 5735 kishi vafot etdi (avvalgi kunga nisbatan 343taga ko‘p). Shu bilan birga, tashkilot yakshanba kuni yangi bemorlar haqida xabar bergan bir qator mamlakatlar ma’lumotlarini hisobga olmadi.

SCMP ma’lumotlariga qaraganda, butun dunyoda 162 mingdan ortiq odam infeksiyani yuqtirib olgan. 6446 kishi vafot etdi, 75,5 ming kishi tuzalib ketdi. Bundan tashqari, boshqa mamlakatlarda yuqtirib olganlar soni xitoyliklarga (80,8 ming) qaraganda ko‘proq.

Xitoyning materik qismida, SCMP’ga ko‘ra, 3199 bemor, Italiyada 1809 bemor vafot etdi. Eron, Ispaniya va Fransiyada yuzdan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » JSST Yevropada koronavirusdan o‘lim holatlari yanada ko‘payishini taxmin qildi