06:00 / 20.03.2020
3 950

Rossiya neftining narxi «suv tekin» bo‘lib bormoqda

Rossiya neftining narxi «suv tekin» bo‘lib bormoqda
Foto: «versiya.info»
Shimoliy-G‘arbiy Yevropaga yetkazib beriladigan Rossiyaning Urals neftining narxi bir barrel uchun 18,64 dollargacha tushib ketdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bu 2002 yil boshidan buyon kuzatilayotgan eng past narxdir.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyida OPЕK+ shartnomasi bekor bo‘lishi tufayli neft bozorida qulash yuz berdi.

Shartnomaning o‘z kuchini yo‘qotishiga Saudiya Arabistoni qazib olishni yanada qisqartirishni talab qilgani, Rossiya esa bunga ko‘nmagani sabab bo‘ldi. Natijada, tomonlar kelisha olmadi.

Shundan so‘ng, Saudiya Arabistoni neft qazib olishni ko‘paytirdi, narxlarni pasaytirib, xaridorlarga katta miqdorda mahsulot chiqardi. Bu esa jahon bozoridagi neft narxining keskin pasayishiga olib keldi. Yil boshidan buyon narxlar ikki baravar tushib ketdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya neftining narxi «suv tekin» bo‘lib bormoqda