19:19 / 20.03.2020
3 155

Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 49 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 49 kishiga yetdi
Foto: Tengrinews
Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha ikkita holat qayd etildi, deb xabar beradi Tengrinews'ga tayanid Daryo.
«Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bo‘yicha yana beshta holat qayd etildi. Bugungi kunga kelib mamlakatda 49 kishida koronavirus aniqlangan. Olmaotada — 22, Nur-Sultonda — 25 va Qarag‘andada 2 ta holat qayd etilgan», — deyiladi Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Aniqlanishicha, Qarag‘andada koronavirusga chalingan fuqarolar — Minskdan uchib kelgan yo‘lovchilar. Virusni yuqtirib olganlardan biri 1971 yilda, ikkinchisi 1972 yilda tug‘ilgan.

Olmaotada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha uchta holat aniqlangan: 1982 yilda tug‘ilgan ayol, Berlindan kelgan 41 yoshli ayol hamda Fransiyadan kelgan 23 yoshli fuqaro. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda 860 kishi statsionar karantinda, 2611 kishi uy karantinida saqlanmoqda.

Bundan avval mamlakatda ommaviy tadbirlar bekor qilindi, maktab o‘quvchilari ta’tilga ertaroq chiqdi, davlat organlariga xorijga xizmat safariga chiqish taqiqlandi. Fuqarolarga qo‘l berib ko‘rishmaslik tavsiya qilindi. Mamlakatda koronavirus tarqalishi munosabati bilan 16 martdan 15 aprelga qadar favqulodda holat rejimi joriy qilindi. Bu davrda qozog‘istonliklar mamlakatni tark eta olmaydi (xorijga davolanish uchun ketayotganlardan tashqari).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 49 kishiga yetdi