12:20 / 16.04.2020
3 780

Uxanda koronavirus tarqalishini yoritgan jurnalistlar sirli ravishda g‘oyib bo‘lishdi

Uxanda koronavirus tarqalishini yoritgan jurnalistlar sirli ravishda g‘oyib bo‘lishdi
Foto: «dailymail.co.uk»
Uxanda koronavirus tarqalishini yoritgan xitoylik xabarchi-jurnalistlar fosh qiluvchi reportajlar chop etilgandan so‘ng yo‘qolib qolishdi, deya xabar berdi «Daily Mail»ga tayanib "Xabar" nashri.

Uch nafar reportyor: Chen Syushi, Fan Bin va Li Szexua to‘lib ketgan shifoxona va o‘likxonalarning video tasvirini «YouTube» va «Twitter»ga joylab, shahardagi epidemiyaning chinakam manzarasini ko‘rsatishga urinishgan. Ular 6 — 26 fevral kunlari g‘oyib bo‘lishdi, o‘shandan beri hech kim ularning qayerdaligini bilmaydi.

Jurnalistlardan biri g‘oyib bo‘lishidan sal avval hibsga olingan: ijtimoiy tarmoqlarda uning tana haroratini o‘lchashga urinayotgan zobitlar bilan janjallashayotgani aks etgan kadrlar paydo bo‘lgan. Ikkinchi reportyor Uxandagi virusologiya institutiga borgandan so‘ng sirli politsiyachilarni qiziqtirib qo‘ygan. Uchinchi muxbir Uxan shahridagi vaqtincha gospitalga borishni rejalashtirib yurgan.

Aprelning boshlarida Uxan markaziy shifoxonasi qabul bo‘limi direktori Ay Fen yangi koronavirus infeksiyasi tarqalishining erta bosqichlarida hukumatning xatti-harakatini tanqid qilib chiqqan maqola chop etilgandan so‘ng yo‘qolib qolgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uxanda koronavirus tarqalishini yoritgan jurnalistlar sirli ravishda g‘oyib bo‘lishdi