12:33 / 04.05.2020
3 881

Rossiya koronavirus qayd etilishi bo‘yicha rekordini yangiladi

Rossiya koronavirus qayd etilishi bo‘yicha rekordini yangiladi
Rossiyada o‘tgan bir kun davomida 10633 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda kecha, 3 may sanasida xabar qilingan.
Bundan avvalroq, 1 maydan 2 maygacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida 9623 kishida koronavirus aniqlangan edi. Shu tariqa Rossiya kun o‘tgani sari qayg‘uli rekordini yangilashda davom etmoqda.

Mamlakatda kasalga chalinganlar soni 134687 kishiga yetdi. Ulardan 1280 nafari vafot etgan, 16 mingdan oshiq bemor tuzalib ketgan. Eslatib o‘tamiz, Singapur texnologiya va dizayn universiteti tomonidan ishlab chiqilgan hisob-kitobga ko‘ra, Rossiyada epidemiya 8 avgustda yakuniga yetishi aytilgan edi. Buning uchun 3 iyunga qadar barcha kasal bo‘lganlarning 99 foizi aniqlanishi lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya koronavirus qayd etilishi bo‘yicha rekordini yangiladi