19:44 / 07.05.2020
2 526

Gruziya 1 iyuldan xorijliklar uchun chegaralarni ochadi

Gruziya 1 iyuldan xorijliklar uchun chegaralarni ochadi
Foto: Zurab Kurtsikidze / EPA / TASS
Gruziya hukumati 1 iyuldan mamlakatga xorijlik turistlar kirishiga ruxsat berishga qaror qildi. Bu haqda hukumat rahbari Georgiy Gaxariya ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, karantin choralarini bosqichma-bosqich bekor qilish rejasida 15 iyundan ichki turizmni tiklash ko‘zda tutilgan. 1 iyuldan esa xorijlik turistlarga yo‘l ochiladi. Shu kuni quruqlikdagi chegaralar ochilishi, aviaparvozlar boshlanishi rejalashtirilgan.

Gaxariya shuningdek, 11 maydan Tbilisida barcha cheklovlar bekor qilinishini aytdi, deb yozadi Apsny nashri.
Mamlakatda 11 maydan barcha korxonalar va do‘konlar ochiladi. Faqat yirik savdo markazlari hamda kiyim-kechak va poyabzal do‘konlari bundan mustasno.

Gruziya sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumot berishicha, mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 615ta holat qayd etilgan. To‘qqiz kishi vafot etgan, 275 kishi tuzalgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gruziya 1 iyuldan xorijliklar uchun chegaralarni ochadi