
Foto: Google Photos
Pandemiya sharoitida Tramp va Xitoy rahbari Si Szinpin virusdan aziyat chekayotgan hamjamiyat oldida imkoniyatlar eshigini ochish borasida ularni haqiqiy yetakchiga aylantirishi mumkin bo‘lgan bir qator imkoniyatlarni qo‘ldan boy berdi deb yozadi The Project Syndicate nashri va mazkur muvaffaqiyatsizlik sabablarini tahlil qiladi.
Inqiroz paytida odamlarga yordam berish uchun o‘z oldiga muhim maqsad qo‘yish va ularni amalga oshirish o‘ta muhim. Tarixga yuzlanilsa, Uinston Cherchil 1940 yilda Buyuk Britaniya bosh vazirligi paytida chin yetakchi ekanini ko‘rsata oldi. Keyinroq esa Janubiy Afrika Respublikasida aparteid rejimi chuqur ildiz otgan jamiyatda Nelson Mandela aynan o‘z xalqining haqiqiy yetakchisi ekanini isbotlab berdi.
Bu ikki voqea standart sifatida belgilab olinsa, bugungi kunda ikki yirik davlatning yetakchilari rahbarligi omadsizliklar bilan to‘la. AQSH rahbarida ham, Xitoy rahbarida ham pandemiya sharoitida o‘z jamiyati a’zolarini vaqtida ogohlantirish o‘rniga muammoni yashirish harakati namoyon bo‘ldi. Oqibatda esa minglab odamlarning hayotiga bevaqt nuqta qo‘yildi. Pandemiya bilan kurashilayotgan bir davrda ikki davlat arboblari voqealar aybdorini izlashga tutindi. Natijada, dunyo hamjamiyati COVID-19 muammosiga o‘z vaqtida «Marshall rejasi» ko‘lamida yordam berish imkonidan mahrum bo‘ldi.
Yetakchilik asoslari bilan shug‘ullanadigan nazariyotchilar yetakchilarni ikki toifa – shakllanib kelayotgan va o‘z qo‘l ostidagilarga qattiq choralar ko‘ruvchi yetakchilarga ajratishadi. Birinchi toifadagi yetakchilar muammoga yechim topishning turli usul va yechimlarini izlagan holda o‘z boshqaruvi ostidagilar uchun ilhom bag‘ishlaydi, rag‘batlantiradi va kerak bo‘lsa taqlid qilish uchun timsolga aylanadi.
Kichik Jorj Bush Iroqqa bostrib kirib, Yaqin Sharqdagi vaziyatni qayta tartiblash uchun harakat qilganida uning muvaffaqiyatsizligi – doim ham rag‘bat va va muammoning turli usullaridan foydalangan holda yechim topishga intilgan yetakchilarning ishi omad keltirmasligidan darak. Haqiqiy yetakchi qanday uslubdan ish olib bormasin – «men» va «sen»ni «bizga» aylantira olishi lozim. Yalqov rahbarlar esa o‘z status kvolarini saqlashga moyil va o‘z tarafdorlari hamda hammaslaklaridan foydalanishga imkon qidiradi.
Tramp ham aynan shunday rahbarlar sirasidan. «Qamchi va shirinlikka» urg‘u beradigan yetakchilar esa ba’zida jamiyatning umumiy axloqiga ham o‘ta samarali ta’sir qilishga qodir. Misol uchun, Nelson Mandela. U hukumat tepasiga kelgach qora tanli aholining o‘n yilliklar mobaynida kamsitilishi uchun qasos olishga kirishib ketishi mumkin edi, biroq u boshqa yo‘l tutdi. Barchani birlashtirishga erishdi. Oq tanli ham, qora tanli ham uning tarafdorlari qatoridan joy oldi.

Foto: Google Photos
Germaniyaning Fransiyaga Ikkinchi jahon urushi paytida uchinchi marotaba bostirib kirishidan so‘ng fransuz diplomati Jan Monne qasos faqat fojealarning takrorlanishiga olib kelishi haqida xulosa yasadi. U vaziyatni o‘nglash maqsadida Yevropa davlatlariga ko‘mir va po‘latni birgalikda ishlab chiqarishni taklif qildi va bu keyinchalik Yevropa Ittifoqidek hamjamiyatning yuzaga kelishiga olib keldi. Bu esa so‘nggi yuz yillikda bir pasportga ega bo‘lgan vatandoshlar o‘zlarini bir jamoadek his qilishlari tuyg‘usi kuchaygani va mana shu tuyg‘u uchun jon berishga tayyor ekanliklaridan dalolat.
Shunga qaramay COVID-19 va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolar milliy chegaralar hech narsa emasligini ko‘rsatdi. Globallashgan dunyoda esa ko‘pchilik bir paytning o‘zida bir necha hamjamiyatlarning a’zosi sifatida anglanishi va yetakchilar esa tarafdor yoki hamfikr topish uchun tor doiradagi jamiyatlarga murojaat qilishiga ehtiyoj yo‘qoldi.
COVID-19 bilan bog‘liq muammo esa ilhom va rag‘bat beradigan yetakchilarga imkon eshiklarini ochib berdi. Bunday rahbar esa virus muammosi chegara bilmasligini kechiktirmay tushuntirgan bo‘lardi. Ammo Tramp ham, Si ham bu imkoniyatdan foydalanmadi. Ular o‘z hokimiyatlari qudratini isbtlash o‘rniga, birgalikdagi kuch haqiqiy kuch ekanini tushunib yetmadi.
Globallashgan dunyoda tarmoqli munosabatlar birlamchi ekan, Xitoy sog‘liqni saqlash va iqlim o‘zgarishi masalalariga be’etiborlik qilmaganda AQSHga ham, qolgan dunyo davlatlariga ham katta ko‘mak ko‘rsatgan bo‘lar edi. Murakkablashib borayotgan dunyoda birgalikda maqsadlar uchun sherik topa olgan mamlakatgina qudratli bo‘ladi. AQSHning xavfsizligi va taraqqiyoti uchun asosiy kalit esa «hammaning ustidan hokimiyat» o‘rniga «birgalikdagi hokimiyat» tamoyilidir.
Bugun Tramp yetakchiligidagi Amerika «Avvalo Amerika manfaatlari» shiorini ilgari surar ekan (albatta bu yerda shior noto‘g‘ri deyilmayapti, aksincha, barcha milliy hukumatlar eng avvalo o‘z xalqining milliy manfaatlarini himoya qiladi) nol qiymatga teng qisqa muddatli manfaatlarni ko‘zlamoqda. Dunyo esa barqaror rivojlanishi uchun uzoq muddatli manfaatlarni ilgari surishi, propaganda asosiga qurilgan raqobatga emas, muammolarga yechim topadigan hamjamiyatga intilishi lozim.
Jahongir Ergashev tayyorladi.
PandemiyaYetakchilikTramp va SiNelson MandelaGlobal MuammolarYevropa Ittifoqi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar