11:45 / 12.05.2020
2 578

Mahbuslar qamoqdan chiqish uchun ataylab koronavirus yuqtirishga urinishdi

Mahbuslar qamoqdan chiqish uchun ataylab koronavirus yuqtirishga urinishdi
Los-Anjelesda mahbuslar muddatidan avval qamoqdan chiqish uchun ataylab koronavirus yuqtirishga urinishdi. Bu haqda sherif Aleks Villanueva xabar bergan.

Uning aytishicha, o‘tgan oy mahbuslar bitta idishdan issiq suv ichishgan va tibbiy niqoblarni bir-birlari bilan almashib taqqan. O‘sha vaqtda ulardan birortasida koronavirus infeksiyasi mavjud bo‘lgani yoki bo‘lmagani ma’lum emas. Ammo oradan bir hafta o‘tib 21 nafar mahbusda infeksiya aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Kaliforniya shtatida o‘zganing avtomobiliga zarar yetkazgan fuqaroda koronavirus aniqlangach, qo‘yib yuborilgan edi. Ammo oradan 37 daqiqa o‘tgach yana avtomobil o‘g‘irlagani uchun uni qayta qo‘lga olishgan.

AQSHda mart oyidan e’tiboran kichik jinoyat qilgan huquqbuzarlar koronavirusning oldini olish maqsadida qo‘yib yuborilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mahbuslar qamoqdan chiqish uchun ataylab koronavirus yuqtirishga urinishdi