11:34 / 15.05.2020
2 363

Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi inson miyasini kompyuterga ilk bor qachon ulashi ma’lum bo‘ldi

Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi inson miyasini kompyuterga ilk bor qachon ulashi ma’lum bo‘ldi
2017 yilda Ilon Mask kompyuterning inson miyasiga ulanishiga mo‘ljallangan texnologiyalar bilan shug‘ullanuvchi Neuralink kompaniyasiga asos solgandi. 2019 yilda Mask oradan bir yil o‘tib Neuralink odamlar ustida tajribalar o‘tkazish boshlanishini ma’lum qilgan. Hozircha bu borada batafsil ma’lumotlar yo‘q, aftidan, tajribalar hali boshlanmagan yoki endi boshlanish pog‘onasida turibdi, deb xabar beradi Daryo.

Intervyularining birida Mask keyingi yili Neuralink birinchi bor inson miyasini kompyuterga ulash imkoniyatini taqdim etishiga umid bildirgan edi. Shuningdek, Mask Neuralink chiplarining birinchi avlodi to‘g‘ridan-to‘g‘ri chanoqqa joylashtirilib, ular turli jarohatlarni va bosh miya kasalliklarini davolashga xizmat qilishini, keyingi avlodlari esa yanada ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘lishini aytgan.

«Gapirishga majbur bo‘lmaysiz. Siz juda tez va katta aniqlikda muloqot qila olasiz. Ishonchim komilki, til bilan ham xuddi shunday bo‘ladi. Bu kabi vaziyat ‘Matritsa’ga o‘xshab ketadi. Boshqa tilda gapirishni istaysanmi? Muammo yo‘q, dasturni yuklab ol», — degan edi Maks.

Bu turdagi mukammal texnologiyalarni yaratishga qancha vaqt talab etilishi borasidagi savollarga Mask «5-10 yil» deb javob qaytargan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi inson miyasini kompyuterga ilk bor qachon ulashi ma’lum bo‘ldi