23:30 / 17.06.2020
2 236

Tojikistonda 100 kishi ishtirokida to‘ylarni o‘tkazishga ruxsat berildi

Tojikistonda 100 kishi ishtirokida to‘ylarni o‘tkazishga ruxsat berildi
Foto: Asia-Plus
Tojikistonda koronavirusga qarshi kurash shtabining qarori bilan mamlakatda 20 iyundan boshlab to‘ylarni o‘tkazishga ruxsat berildi. Bu haqda Asia-Plus xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, to‘y marosimlarini restoranlarda, kafelarda yoki uyda 100 kishi ishtirokida va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holga o‘tkazishga ruxsat beriladi.
Koronavirus pandemiyasi sababli Tojikistonda to‘ylarni o‘tkazish 30 martdan boshlab taqiqlangandi, biroq nikoh tuzishga taqiq qo‘yilmagan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 5160 kishiga yetdi. Mamlakatda hozirga qadar 50 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 3624 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida 23 martdan boshlab to‘y-marosimlarning o‘tkazilishi bekor qilingan edi. Respublika maxsus komissiyasining 30 maydagi qarori bilan 1 iyundan boshlab «yashil» hududlarga oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni faqat uylarda o‘tkazishga ruxsat berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonda 100 kishi ishtirokida to‘ylarni o‘tkazishga ruxsat berildi