Foto: EPA-EFE/Doug Mills
Eron sud hokimiyati Interpoldan Islom inqilobi muhofizlari korpusi generali Qosim Sulaymoniyning o‘limi uchun AQSH prezidenti Donald Trampni xalqaro qidiruvga berishni talab qilmoqda. Bu haqda Mehr agentligi xabar berdi.
"Qosim Sulaymoniyni o‘ldirishga tayyorgarlik ko‘rishda ishtirok etgan va bu masala bilan shug‘ullangan 36 kishi aniqlandi. Ular orasida AQSH va boshqa davlatlarning siyosiy va harbiy arboblari bor", - deya Tehron prokurori Ali Mehrdan iqtibos keltirmoqda agentlik.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sud organlari ularni javobgarlikka tortish hamda Interpol orqali qidiruv e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
Ali Mehrning qo‘shimcha qilishicha, bu shaxslar "qotillik" va "terrorizm"da ayblanmoqda, "Ro‘yxat boshida AQSH prezidenti Donald Tramp turibdi".
Eslatib o‘tamiz, Qosim Sulaymoniy 2020 yilning 3 yanvar kuni Iroq poytaxti Bag‘dodda AQSH harbiylari o‘tkazgan operatsiya natijasida o‘ldirilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi