Foto: Vladislav Vodnev
Qozog‘istonda o‘n besh kishi qo‘lbola alkogoldan zaharlanish oqibatida vafot etdi. Bu haqda respublika IIV matbuot xizmati xabar berdi.
"Arkalik shahrida 3-4 iyul kunlari 13 kishi "etanolning zaharli ta’siri" tashxisi bilan jonlantirish bo‘limiga keltirilgan, ularning 11 nafari vafot etgan. Xuddi shu kunlari Jaksi rayonidagi Jana-Kiyma posyolkasida 4 kishi ana shunday tashxis bilan vafot etgan", - deyiladi xabarda.
Politsiyaning ma’lumot berishicha, vafot etganlar besh litrli plastik idishlarda bo‘lgan alkogol mahsulotidan zaharlangan. Oqmola oblastida olib borilgan tekshiruvlar davomida ushbu alkogol mahsuloti tayyorlangan sex aniqlangan.
"Politsiya tomonidan uch nafar gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Ulardan sotish uchun tayyorlab qo‘yilgan mahsulotlarning bir qismi musodara qilindi. Ammo gumonlanuvchilar mahsulotning katta qismini sotishga ulgurgan", - deyiladi IIV tomonidan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?