Foto: Cyprus Mail
Shimoliy Kiprdagi suv ombori qirg‘og‘ida alligatorga o‘xshash g‘ayrioddiy mavjudot topildi. Bu haqda Cyprus Mail xabar berdi.
Kipr tabiatni tadqiq qilish instituti ma’lumotlariga ko‘ra, topilgan mavjudot Missisipi cho‘rtanbalig‘i bo‘lib chiqdi.
Uning og‘irligi 10 kilogramm, uzunligi esa 112 santimetr edi.
Missisipi cho‘rtanbalig‘i bu hududda ilk marta qayd etilmoqda. Mutaxassislar qo‘shimcha tarzda o‘rganish olib boradi.
Foto: Cyprus Mail
Institut suv muhandisi Dervish Kavuso‘g‘luning aytishicha, mavjudot bu o‘lchamga yetishi uchun kamida 10 yil talab qilingan.
Missisipi cho‘rtanbalig‘i mintaqadagi eng yirik baliqlardan biri hisoblanadi. Taxminlarga ko‘ra, u egasi tomonidan suvga qo‘yib yuborilgan bo‘lishi ham mumkin. Ular nafaqat boshqa baliqlar, balki suvda suzadigan qushlar bilan ham oziqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!