Hodisa joyiga tezkor ravishda o‘rmon xo‘jaligi xodimlari, yong‘inga qarshi kurash guruhlari, harbiy qismlar va boshqa favqulodda xizmatlar jalb qilindi.
Sakarya viloyati hokimligi tomonidan berilgan rasmiy bayonotda ta’kidlanishicha, xavfsizlik nuqtai nazaridan yong‘in hududiga yaqin yashovchi 100 nafar fuqaro vaqtincha boshqa joylarga ko‘chirilgan. Yong‘in qishloqlarga yaqin joylashgan o‘rmon massivlarida yuz bergan bo‘lsada, halokat yoki tan jarohati olganlar haqida ma’lumot yo‘q.

"Sog‘liqni saqlash favqulodda holatlar koordinatsiya markazi (SAKOM)dan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hozircha yong‘indan jabr ko‘rgan fuqaro qayd etilmagan. Hududda xavf darajasi yuqori bo‘lgan joylar to‘liq nazorat ostida. Yong‘inga qarshi kurashish ishlari tunu kun davom etmoqda", — deyiladi viloyat hokimligi bayonotida.
Yong‘in oqibatlari dron orqali havodan tasvirga olinib, ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda. Tasvirlarda tun qorong‘usida alangalar butun tog‘-o‘rmon hududini yoritib turgani ko‘rinadi.
Ayni damda Turkiya rasmiy idoralari yong‘inning sabablarini aniqlash ustida ish olib bormoqda. Yong‘inga qarshi kurashish ishlari esa to‘xtovsiz davom etmoqda.
So‘nggi yillarda global iqlim o‘zgarishlari tufayli dunyo bo‘ylab o‘rmon yong‘inlari soni va miqyosi ortmoqda. Bu kabi favqulodda holatlardan xulosa chiqarish va ekologik xavfsizlik choralari O‘zbekiston kabi o‘rmon fondiga ega davlatlar uchun ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar