Foto: Stephen Lam/Getty Images
Facebook rahbari Mark Sukerberg bir necha yuz yirik kompaniyalar reklama shartnomalarini bekor qilgani bois, milliardlab dollar zarar ko‘rmoqda. Kompaniyalarning fikricha, Facebook rahbariyati o‘z platformasida irqiy guruhlar va soxta xabarlarga qarshi kurashishda juda kam ish qilmoqda. Shu bois, ijtimoiy tarmoqda reklama berishni istamayotgan kompaniyalar soni ortib bormoqda.
Xususan, The North Face, REI, Patagonia, Verizon, Hershey, Honda America, Starbucks, Lego, Levi’s va hatto Coca-Cola ham bu tarmoqda reklama mahsuloti joylashtirishdan bosh tortmoqda. Bunda Coca-Cola nafaqat Facebook va Instagram, balki Twitter, YouTube kabi platformalarda ham reklama xarid qilmasligini bildirdi.
Volkswagen Group of America esa, o‘z bayonotida, “reklama bo‘yicha hamkorlarimiz bizning qadriyatlarimizni aks ettirishini kutayapmiz”, deya ta’kidladi.
Qayd etish o‘rinliki, Amerikaning qator huquqni himoya qilish tashkilotlari mamlakat biznes hamjamiyatlariga alohida chaqiruv bilan chiqqan edi.
Vloomberg agentligi hisob-kitoblariga ko‘ra, iyun oyi oxirida Sukerberg boykot tufayli 7,2 mlrd dollari yo‘qotgan. Gap, Facebook rahbarining arzonlashgnan aksiyalar sababli aktivlar qiymati pasayishi haqida bormoqda.
Shu bilan birga, barcha kompaniyalar ham boykotga qo‘shilmoqda, deyish noo‘rin.
CNN tahlilchilari aniqlashicha, platformada reklama beruvchi 100ta eng yirik kompaniyalarning ayrimlari shartnomani bekor qilmagan. Ular orasida Walmart, American Express, Netflix, Domino's va boshqalar ham bor.
Facebook moliyaviy hisobotlariga ko‘ra, platformaning 2019 yilgi reklama daromadi 70 mlrd dollarga yaqinni tashkil etgan, bu 2018 yil bilan qiyoslaganda 27 foizga ko‘p demakdir. Bunda, uning asosiy mijozlari kichik va o‘rta biznes hissasiga to‘g‘ri keladi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi