Foto: akorda.kz
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev qozog‘istonliklarning noma’lum zotiljamdan vafot etayotgani borasida xavotir bildirdi.
"Mamlakatimizda noma’lum zotiljam avj olgani to‘g‘risida gap-so‘zlar paydo bo‘ldi. Bu qanday zotiljam, u aslida bormi yoki yo‘qmi? Undan o‘lim darajasi qanday?" – deb savol berdi To‘qayev.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soyning so‘zlariga ko‘ra, 2020 yilning birinchi yarim yilligida 98 546ta zotiljam holati qayd etilgan, 2019 yilda esa 63 436ta. Dastlabki yarim yillikda 1772 kishi zotiljamdan vafot etgan. 2019 yilning shu davrida 1780ta o‘lim qayd etilgan. Ammo shu yilning iyun oyida zotiljamdan o‘lim holatlari 2,3 baravarga oshgan va 628tani tashkil etgan.
Soyning aytishicha, noma’lum zotiljam tashxisi bilan yotqizilgan bemorlarda koronavirusga test manfiy chiqqan.
"Siz sa’y-harakatlaringizni nafaqat koronavirusga, balki yo‘ldosh kasalliklarga – zotiljamga ham qaratishingiz kerak. Bu muammoga aslo ko‘z yumib yoki yashirib bo‘lmaydi. Odamlar o‘lyapti. Qattiq kasal", - dedi To‘qayev.
Avvalroq Xitoyning Qozog‘istondagi elchixonasi o‘z saytida xitoyliklarni mazkur respublikada zotiljamning yangi turini chaqiruvchi xavfli infeksiya tarqalayotgani to‘g‘risida ogohlantirgandi.
Elchixona mahalliy OAVdagi ma’lumotlarga tayanib ma’lum qilishicha, Atirau, Aktyubinsk va Chimkent oblastlarida iyun o‘rtalaridan boshlab zotiljamning ushbu turiga chalinish holatlari "sezilarli o‘sgan". Shu bilan birga, "yangi va hali o‘rganilmagan zotiljamdan o‘lim holatlari COVID-19ga nisbatan ancha yuqori".
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi