12:27 / 17.07.2020
2 372

Qirg‘izistonda Covid-19 va zotiljam statistikasi birlashtirildi: qurbonlar soni 785taga yetdi

Qirg‘izistonda Covid-19 va zotiljam statistikasi birlashtirildi: qurbonlar soni 785taga yetdi
Foto: Reuters
Qirg‘izistonda Covid-19 va kasalxonadan tashqari zotiljamga oid alohida yuritilayotgan statistika birlashtirildi. Statistika yuritishdagi o‘zgarishlarga ko‘ra, ikkita kod kiritildi: U07.1 — Laboratoriyada PZR+ bilan tasdiqlangan Covid-19 va U07.2 — klinik-epidemiologik Covid-19 (kasalxonadan tashqari zotiljam).

Respublika shtabining xabar berishicha, statistika birlashtirilishi natijasida o‘tgan sutkada Covid-19 U07.1 va U07.2 ko‘rsatkichlari mamlakat bo‘ylab quyidagicha qayd etilgan:
Bishkek shahri - 613
O‘sh shahri – 67
Chuy oblasti – 272
O‘sh oblasti - 125
Talas oblasti – 76
Norin oblasti – 39
Issiqko‘l oblasti – 234
Jalolobod oblasti – 134
Botken oblasti – 94
Jami — 1654 holat.

Shu paytgacha Covid-19 yuqtirganlar soni 23 783 nafarga yetdi.

Kasalxonadan tashqari zotiljam hisobga olinganda Covid-19’dan vafot etganlarning sutkalik sonida ham o‘zgarish bo‘ldi:
Bishkek shahri – 33
Chuy oblasti – 7
O‘sh oblasti – 9
Talas oblasti – 2
Norin oblasti – 3
Issiqko‘l oblasti – 17
Jalolobod oblasti – 11
Botken oblasti – 1
Bir sutkada vafot etganlar soni: 83 nafar. Jami shu kungacha: 785 nafar

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda Covid-19 va zotiljam statistikasi birlashtirildi: qurbonlar soni 785taga yetdi