13:40 / 13.08.2020
4 292

Ikkita yuvish vositasini aralashtirgan ayol bo‘g‘ilib vafot etdi

Ikkita yuvish vositasini aralashtirgan ayol bo‘g‘ilib vafot etdi
Foto: «Lifehackov.ru»
Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida istiqomat qiluvchi ayol hammomni tozalayotgan vaqtda ikkita yuvish vositasini aralashtirish natijasida vafot etgan, deya xabar berdi «My London» sayti.

19 iyul kuni 34 yoshli Seliya Seymur hammomni dezinfeksiyalovchi vositalar bilan tozalagan va astma xurujidan bo‘g‘ila boshlagan. Yurak-o‘pka reanimatsiyasini bajarishgan va shifoxonaga yetkazishgan. Asoratlar tufayli Seymur sun’iy komaga tushirilgan. To‘rt kundan so‘ng vafot etgan.

Oxirgi besh yil davomida Seymur Atlantico Hand Car Wash avtomobil yuvish joyida boshqaruvchi bo‘lib ishlagan. O‘limidan so‘ng rahbari muassasani uning sharafiga Celia’s Hand Car Wash deb o‘zgartirdi.

«U ajoyib inson edi. Kechasi soat uchda qo‘ng‘iroq qilib, yordam so‘rasang ham, darrov yetib kelardi. U odamlardan yordamini ayamasdi», — deya ta’kidladi tashkilot xo‘jayini.

Seymurning onasi xlor bilan unitazni tozalovchi vositani aralashtirgani halokatli astma xurujiga sabab bo‘lganini taxmin qilmoqda. Yong‘in xavfsizligi xizmati ham bunday xavf-xatarni tasdiqlagan. Seymur o‘limi yuzasidan tergov harakatlari 4 avgust kuni boshlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ikkita yuvish vositasini aralashtirgan ayol bo‘g‘ilib vafot etdi