
Foto: «Habr»
Bundan 20 ming yil avval, Muzlik davrida Yer yuzasining o‘rtacha harorati qancha bo‘lgani aniqlandi. Tadqiqot-maqola «Nature» jurnalida yoritildi.
Qariyb 20 ming yillar burun so‘nggi muzlik davri avjiga chiqqan edi. AQSHning Arizona universiteti olimlari toshga aylanib qolgan okean planktonlarini o‘rganib, o‘sha davrlarda tirik organizmlar qanday haroratda umrguzaronlik qilishganini hisoblab chiqishdi. Keyin esa zamonaviy ob-havoni aniqlashga o‘xshash model yaratishdi.
Aniqlanishicha, 20 ming yil avvalgi harorat Selsiy bo‘yicha o‘rtacha 7,8 daraja, ya’ni hozirgidan 6 daraja past bo‘lgan. Ekvator, tropik va qutb mintaqalaridagi harorat ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farq hozirgisidan kattaroq ekani ham oydinlashdi. Masalan, Arktikada hozirgidan 14 daraja sovuqroq iqlim hukm surgan.
Muzlik DavriYer HaroratiTadqiqot MaqolaOkean PlanktonlariArizona UniversitetiZamonaviy Ob-Havo O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar