
Gamburg shahar sudi rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov va uning singlisi Saodat Narziyevaga qarshi ilgari surilgan ayblovlarni asossiz deb topdi. Bu haqda Usmonovning advokati Yoaxim Shtaynxefel ma'lum qildi.
Sud qarorida aytilishicha, Germaniya fuqarosi Facebookda Usmonov go'yoki o'z mablag'larini Shveytsariya bankidagi hisob-raqamda yashirib, ularni singlisi Narziyeva nomiga rasmiylashtirganini yozgan. Biroq ushbu da'volar haqiqatga mos kelmasligi tasdiqlandi.
Advokatning so'zlariga ko'ra, sud yana bir bor Usmonov va uning qarindoshlariga nisbatan ayblovlar faktlar bilan tasdiqlanmaganini qayd etdi. Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi Saodat Narziyevani sanksiyalar ro'yxatidan chiqarib, uni noto'g'ri kiritilgani uchun kechirim so'radi.
Tadbirkorning vakillari ta'kidlashicha, 2022 yilda e'lon qilingan shunga o'xshash bayonotlar Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya tomonidan Saodat Narziyevaga qarshi sanksiyalar joriy etilishiga sabab bo'lgan. Joriy yilning sentabr oyida mazkur shaxs Facebookda yana bir bor Narziyeva go'yoki "Credit Suisse" bankidagi hisoblarning benefitsiari ekanini iddao qildi.
Ammo sud bu da'volarni yolg'on deb topdi va bunday ma'lumotlarni tarqatishni taqiqladi. Ushbu taqiqni buzish 250 ming yevrogacha jarima yoki ma'muriy qamoq jazosi bilan jazolanishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.