date

Ukrainada ikki vazir korrupsiya mojarosi ortidan iste'foga chiqdi

Ukrainada ikki vazir korrupsiya mojarosi ortidan iste'foga chiqdi

Ukraina Oliy Radasi ikki nafar vazirni lavozimidan ozod qildi. “Meduza” xabariga ko‘ra, adliya vaziri German Galushenko va energetika vaziri Svetlana Grinchuk korrupsiya bilan bog‘liq mojaro fonida iste'foga chiqarildi.

Parlamentda o‘tkazilgan ovoz berish jarayonida Galushenkoning iste’fosi uchun 323 deputat, Grinchuk bo‘yicha esa 315 nafar deputat ovoz berdi. Ushbu qarorlar ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilindi.

Avvalroq, “Energoatom” davlat kompaniyasi hamda ukrainalik biznesmen Timur Mindich atrofida yuzaga kelgan korrupsiya ayblovlari sababli ushbu ikki vazir xizmatidan vaqtincha chetlashtirilgan edi. Rada a’zolari bu holatga keskin munosabat bildirgan.

Aslida Oliy Rada vazirlar iste'fosi bo‘yicha ovoz berishni 18 noyabr kuni o‘tkazishni rejalashtirgan edi. Biroq o‘sha kuni ayrim deputatlar barcha hukumat a’zolarining iste’fosini talab qilib, parlament minbarini bloklagani sababli majlis vaqtincha to‘xtatilgan.

Hozircha ushbu lavozimlarga kim tayinlanishi noma’lum bo‘lib turibdi. Kuzatuvchilar bu o‘zgarishlarni hukumatdagi ehtimoliy tarkibiy o‘zgarishlarning bir qismi sifatida baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada ikki vazir korrupsiya mojarosi ortidan iste'foga chiqdi