date

O‘zbekiston termasi FIFA reytingida besh pog‘ona ko‘tarildi

O‘zbekiston termasi FIFA reytingida besh pog‘ona ko‘tarildi

FIFA noyabr oyiga oid yangi reytingi e’lon qilindi. Misr va Eronga qarshi o‘tgan o‘yinlardagi ishonchli g‘alabalar tufayli O‘zbekiston milliy terma jamoasi tezda 5 pog‘ona yuqoriladi va 50-o‘rindan joy oldi. Bu natija Osiyo jamoalari orasida ham yuqori beshlikka kirish imkonini berdi.

Qit’a bo‘yicha Yaponiya (18), Eron (20), Janubiy Koreya (22) va Avstraliya (26) yuqorida turibdi. Milliy jamoamiz esa 1462.03 ochko to‘pladi.

Reytingning tepasi o‘zgarishsiz qoldi: Ispaniya 1-o‘rinda, Argentina 2-o‘rinda, Fransiya esa 3-pog‘onada. Umumiy o‘ntalikka Angliya, Braziliya, Portugaliya, Niderlandiya, Belgiya, Germaniya va Xorvatiya kirdi.

O‘zbekiston termasi uchun bu natija jamoaning barqaror o‘sishini ko‘rsatadi va kelgusida yanada yuqori pog‘onalarga ko‘tarilish umidini oshiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston termasi FIFA reytingida besh pog‘ona ko‘tarildi