
Hukumat qaroriga muvofiq, mamlakat bo‘ylab joylashgan 130 ta suv obyektining rasmiy nomlari davlat tilida qayta tasdiqlandi. Ro‘yxatga daryo va soylar, ko‘llar, buloqlar, sharsharalar hamda suv omborlari kiritilgan.
Shu munosabat bilan bir qator gidronimlar ham yangilandi: Sassiqsoy endi Sho‘rsuv, Gaiston sel suv ombori Yangiqo‘rg‘on, Jinnidaryo esa Zo‘g‘atasoy deb ataladi. Ushbu o‘zgarishlar xaritalash va rasmiy ma’lumotlarni bir qiyofaga keltirish maqsadida amalga oshirildi.
Bundan avval 320 ta temiryo‘l obyektining nomi ham davlat tili talablariga moslashtirilgan edi. Endi esa navbat tog‘lar, cho‘qqilar, dovonlar va g‘orlar nomlarini tartibga solish bosqichiga keldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.