
Dunyoda oziq-ovqat bilan bog‘liq vaziyat yanada keskinlashib, BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) global ocharchilik xavfi kuchayganini ogohlantirmoqda. Tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilda 318 milliongacha inson ochlik yoki og‘ir inqirozga duch kelishi mumkin. Bu 2019-yildagidan ikki barobar ko‘p.
Eng og‘ir jihati — gumanitar yordam uchun mablag‘lar qisqarib ketgani. Shu sababli WFP ehtiyojmandlarning faqat uchdan bir qismiga oziq-ovqat yetkaza oladi. 110 million zaif axoliga yordam berish rejalashtirilgan bo‘lsa-da, moliyalashtirish buning yarmiga ham yetmasligi kutilmoqda.
Hozirning o‘zida G‘azo va Sudanda ocharchilik xavfi shiddat bilan kuchaymoqda. Mojarolar, iqlim o‘zgarishlari va iqtisodiy beqarorlik 2026-yilda ham vaziyatni yaxshilashi qiyinligini ko‘rsatmoqda.
WFP rahbari Sindi Makkeyn xalqaro hamjamiyatni ocharchilikka qarshi yechimlarga ko‘proq sarmoya kiritishga chaqirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.