FIFA milliy terma jamoa reytingini eʼlon qildi

FIFA rasmiy saytida chorshanba kuni milliy terma jamoalarning yangilangan reytingi eʼlon qilindi. Ushbu yangilik noyabr oyidagi xalqaro tanaffusdan soʻng paydo boʻldi.
FIFA reytingining dastlabki toʻrtta oʻrni oʻzgarmadi. Birinchi oʻrinda Ispaniya terma jamoasi joylashgan boʻlsa, ikkinchi oʻrinni Argentina, uchinchi oʻrinni Fransiya va toʻrtinchi oʻrinni Angliya egalladi.
Birinchi oʻzgarish beshinchi oʻrinda kuzatildi — Braziliya terma jamoasi yuqoriga koʻtarilib, Portugaliya (hozirgi 6-oʻrin) va Niderlandiyani (7-oʻrin) ortda qoldirdi. Birinchi oʻnlikka, shuningdek, Belgiya, Germaniya va Xorvatiya terma jamoalari kiradi.
Germaniya va Xorvatiya har biri bir pogʻona yuqorilashga muvaffaq boʻldi. FIFA reytingining navbatdagi yangilanishi 23-dekabr kuni kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing