14:23 / 03.09.2020
1 932

Zoom asoschisi Erik Yuanning boyligi bir sutkada 6 milliard dollarga ko‘paydi

Zoom asoschisi Erik Yuanning boyligi bir sutkada 6 milliard dollarga ko‘paydi
Foto: Getty Images
Zoom videokonferensiyalar servisi asoschisi Erik Yuan 24 soat ichida 6 milliard dollar ishlab, o‘z boyligini 23 milliard dollarga yetkazdi, deb xabar beradi Bloomberg.

Servis asoschisining boyligi kompaniya tahlilchilari prognozidan ham ko‘proq daromad ko‘rganini ma’lum qilganidan so‘ng «sakrab» ketgan. Ikkinchi chorakda Zoom’ning daromadi 663,5 million dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 355 foizdan ko‘proq ko‘rsatkichni qayd etgan. Hisobot e’lon qilinishi fonida Zoom aksiyalari 40 foizdan ortiqroqqa qimmatlashgan, Yuan esa servisning 50 milliondan ortiq aksiyasiga egalik qiladi.

Blomberg‘ning yozishicha, 2020 yilda boyligining sutka davomida rekord darajada o‘sishi Amazon asoschisi Jeff Bezos va Tesla rahbari Ilon Maskda ham kuzatilgan. Iyulda Bezosning boyligi bir kunda 13 milliard dollarga oshgan bo‘lsa, avgustda Maskning boyligi 24 soatda 8 milliard dollarga ko‘paygan.

Zoom videokonferensaloqa dasturi aprel oyida kompaniya xodimlari orasida koronavirus pandemiyasi sabab masofadan turib ishlashga o‘tilganidan keyin ommalashdi. Kompaniyaning kapitalizatsiyasi uch barobarga ko‘payib, kunlik foydalanuvchilar soni 200 milliondan oshdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zoom asoschisi Erik Yuanning boyligi bir sutkada 6 milliard dollarga ko‘paydi