13:38 / 03.10.2020
2 913

Gonkong masalasi hal bo‘ldi, endi navbat Tayvanga keldimi?

Gonkong masalasi hal bo‘ldi, endi navbat Tayvanga keldimi?
Foto: CIA World Factbook
Bundan uch oycha vaqt oldin Xitoy hukumati Gonkongga yangi milliy xavfsizlik haqidagi qonunni qabul qilish vazifasini yukladi va bu ishni a’lo darajada bajardi. Gonkong esa o‘z muxtoriyatining bir qismidan ham voz kechishga majbur bo‘ldi. Hozirda Xitoy o‘z nigohlarini Tayvanga qaratmoqda, deb yozadi The Guardian nashri.

Ayrim mutaxassislar nazarida, rasmiy Pekin Gonkongdagi vaziyatdan Tayvanga nisbatan siyosatni yuritishda namuna sifatida foydalanishi ham mumkin. Hozircha Tayvan 1949 yilda Xitoyda amalga oshirilgan fuqarolar urushidan so‘ng qo‘lga kiritgan mustaqilligini saqlab kelmoqda. Xitoy esa Tayvanni o‘z nazoratiga olish uchun orolda harbiy amaliyot olib borishiga to‘g‘ri keldi.

XX asrning 90 yillarida oyoqqa turishga urinib yotgan Xitoy uchun Tayvanga qarshi biror-bir harbiy amaliyot o‘tkazishi ehtimolining kamligi, avvalo, Xitoyning zaif iqtisodiyoti bilan izohlanar va Xitoy kommunistik partiyasi rahbariyati dohiy Den Syaopinning tajovuzkorlik siyosatidan tiyilish haqidagi ko‘rsatmalariga amal qilardi.

Ammo hozirda Xitoydagi vaziyat o‘zgardi. Xitoy bugunda dunyoning ikkinchi raqamli iqtisodiyoti sifatida tashqi siyosatda tobora tajovuzkor siyosat yuritmoqda, milliy boyligini raqamli texnologiyalardan tortib harbiy qurol yarog‘larni rivojlantirishga qaratmoqda. Qisqacha qilib aytganda, bugungi Xitoy avvalgi zaif Xitoy emas.

Xitoy Ozodlik armiyasining rasmiylari vaqti-vaqti bilan Tayvanni bosib olish haqida iddaolar qilib kelmoqda. Biroq rasmiy Pekin hukumati rahbariyati xalqaro siyosatda Xitoy hukumati har qanday nizolardan tiyilishini, mamlakat endigina maotsizmning qora ko‘lankalaridan qutulib kelayotganini ta’kidlamoqda. Ammo amalda Xitoy hukumati Hindiston bilan chegaraviy nizolar ustida tortishib kelmoqda.

Bundan tashqari, ayni paytda Yaponiya bilan Senkakku orollari, Indoneziya, Filippin, Malayziya bilan ham Tinch okeani mintaqasida chegara borasidagi o‘z iddaolarini e’lon qildi. Jons Hopkins universitetining siyosiy iqtisod professori Xo Fang Xang nazarida, rasmiy Pekin Tayvanni bosib olish haqida hozircha harakat qilmayotgan bo‘lsa-da, Gonkong misolida Xitoyning siyosiy rejalari ancha uzoqni ko‘ra bilgan holda ish qilayotganidan darak.

Foto: EPA
1949 yilda Xitoydagi fuqarolar urushida Maodan mag‘lub bo‘lgan Chan Kay Shi Tayvanga kelib oldi-yu, uzoq vaqt orolda diktatorlik qildi. 1987 yildan boshlangan Tayvan bahori natijasida orol davlatda liberal islohotlar jonlana boshlandi va hozirda Tayvan Osiyodagi kam sonli demokratik davlatlardan biri sifatida e’tirof etiladi. Tayvan hattoki demokratik islohotlar ortidan bir jinslilar nikohini ham qonuniylashtirdi.

2020 yilda esa Tayvan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda bir qator e’tirofga sazovor bo‘lgan siyosatni amalga oshirdi. Time jurnali bu yil hattoki Tayvan rahbari Say Invenni dunyoning eng ta’sirli yuz siyosatchilaridan biri sifatida e’tirof etdi. Rasmiy Pekin esa so‘nggi paytlarda Xitoy uchun eng muhim maqsad Tayvanni Xitoy bilan yana birlashtirish haqida gapirmoqda.

Natijada Xitoy siyosatchilarining Tayvan borasidagi mulohazalari rasmiy Vashington va Pekin o‘rtasida bir qator nizolarni ham yuzaga chiqardi. Xitoy tarafi esa Tayvanga nisbatan provakatsion siyosat ham yuritmoqda. Tayvan hukumati esa Xitoy rasmiylarini provakatsion siyosatdan voz kechishga va Tayvanning daxlsizligini hurmat qilishga chaqirmoqda.

Xitoy Tayvanni o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun harakat boshlaydigan bo‘lsa, bu Tayvan va Xitoy, bir tarafda AQSH va Xitoy o‘rtasida harbiy to‘qnashuvlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gonkong masalasi hal bo‘ldi, endi navbat Tayvanga keldimi?