20:23 / 02.11.2020
2 168

Oxirgi 50 yilda o‘z vatanidan tashqarida yashovchilar 3 barobar oshgan

Oxirgi 50 yilda o‘z vatanidan tashqarida yashovchilar 3 barobar oshgan
Bugungi kunda mehnat migratsiyasi global rivojlanishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 50 yilda o‘z mamlakatidan tashqarida yashovchilar soni 3 barobar oshgan.

Bu haqda chet elda ishlayotgan migrantlar, ayniqsa, yoshlar va ayollarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda ham bu yo‘nalishlardagi munosabatlarni tartibga solish, mavjud muammolarni hal qilish, mehnat migrantlarining oila a’zolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan COVID-19 tarqalishi sababli xorijda qiyin moliyaviy ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolarining 753 nafariga xalqaro pul o‘tkazma tizimi orqali moddiy yordam yo‘naltirildi. Vakolatxonalar aralashuvi bilan mehnat migrantlarining ish beruvchilardan undirilmagan 378 ming AQSH dollari miqdorida ish haqlari undirib berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oxirgi 50 yilda o‘z vatanidan tashqarida yashovchilar 3 barobar oshgan