Foto: Tengrinews
Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatidagi qishloq xo‘jaligi rahbari 58 yoshli o‘zbekistonlik erkakni qul sifatida ishlatib kelgani fosh etildi. Bu haqda Tengrinews xabar qilgan.
«Aqto‘beda qishloq xo‘jaligi rahbarining 58 yoshli o‘zbekistonlik erkakka quldek muomala qilgani, uning hujjatlarini tortib olib, qo‘rqitgani va bir yil davomida maosh to‘lamay ishlatib kelgani aniqlandi va gumonlanuvchi politsiyaga olib kelindi», – degan Tengrinews’ga bergan intervyusida Qozog‘iston IIV axborot xizmati xodimi Kamil Galiyev.
Jabrlanuvchi og‘ilxonada yashagan, qoramol boqqan va chorvachilik xo‘jaligining boshqa ishlari bilan shug‘ullangan.
Nashrning qayd etishicha, holat yuzasidan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 128-moddasi (odam savdosi) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...