16:14 / 02.12.2020
2 034

Pfizer va BioNTech COVID-19’ga qarshi vaksinasini Yevroittifoqda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza berdi

Pfizer va BioNTech COVID-19’ga qarshi vaksinasini Yevroittifoqda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza berdi
Foto: Reuters
Pfizer va BioNTech kompaniyalari o‘zining koronavirusga qarshi vaksinasini Yevropa ittifoqida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza berdi, dori ma’qullangan taqdirda, Yevropada yil oxirigacha foydalanilishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda «RIA Novosti» kompaniyalarning qo‘shma press-reliziga tayanib xabar bermoqda.

«Pfizer va BioNTech 2020 yil 30 noyabr, dushanba kuni o‘zining matritsali RNK texnologiyasiga asoslangan COVID-19’ga qarshi BNT162b2 vaksinasini shoshilinch ro‘yxatdan o‘tkazish uchun rasmiy ariza topshirdi», — deyiladi press-relizda.

Kompaniyalar aniqlik kiritishicha, agar Yevropa dori vositalari agentligi arizani ma’qullasa, «bu BNT162b2’ni Yevropada 2020 yil oxirigacha qo‘llash imkonini beradi».

Hujjatda aytilishicha, Pfizer va BioNTech vaksinadan Avstraliya, Kanada, Yaponiya va dunyoning boshqa mamlakatlarida foydalanishni ma’qullash uchun arizalar tayyorlamoqda. Oktyabrda ular AQShda vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishga ariza bergan edi.

Kompaniyalar qayd etishicha, Yevropa regulyatoriga taqdim etilgan klinik sinovlarning uchinchi bosqichi ma’lumotlari vaksinaning turli yosh, jins, irq va etnik guruhlar orasida 95 foiz samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatmoqda — butun dunyo bo‘ylab sinovlar ishtirokchilarining 42 foizi va AQShdagi sinov ishtirokchilarining 30 foizi turli etnik va irqiy guruhlarga taalluqli bo‘lgan, global testlar qatnashchilarining 41 foizi va Amerikadagi sinov ishtirokchilarining 45 foizi 56-85 yoshda bo‘lgan. Sinovlarning 65 yoshdan katta qatnashchilari orasida vaksina 94 foizdan ziyod samaradorlik ko‘rsatgan.

Hujjatda aniqlik kiritilishicha, vaksinaning shoshilinch ro‘yxatdan o‘tkazilishi shuni ko‘zda tutadiki, regulyator «vaksinaning foydasi COVID-19’ga chalinish xavfidan yuqori» ekanligi yoki yo‘ligi haqida qaror qabul qilishi kerak.

Germaniyaning BioNTech kompaniyasi va Amerikaning Pfizer farmatsevtik giganti o‘z vaksinasining klinik sinovlari uchinchi bosqichi muvaffaqiyatli kechgani haqida noyabrda xabar bergan edi.

Shundan keyin United Airlines aviakompaniyasi koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasini AQSh va Yevropa omborlarida yetkazishni boshlagani xabar berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pfizer va BioNTech COVID-19’ga qarshi vaksinasini Yevroittifoqda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza berdi