Foto: «Yusupovs.com»
Olimlar ketogen parhez koronavirus bilan kasallanish xavfini kamaytirishi, mabodo yuqtirib olgan taqdirda ham, kasallikning og‘ir kechishidan himoya qilishi mumkin degan xulosaga kelishdi. Bu haqda «Times of India» xabar bermoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, taomnomada uglevodning oz miqdorda bo‘lishi organizmda yog‘ bilan birga «yomon» xolesterinni ham kamaytiradi, shuningdek, qondagi qand miqdorini barqarorlashtiradi. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, bunday parhez qon plazmasidagi keton tanachalari darajasini ko‘paytiradi. Ular organizmdagi oksidlovchi stressni nazorat qiladi va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, olimlarning fikricha, ketogen parhez T-limfotsitlar retseptorlarini tashiydigan hamda immunomodulyatsion va yallig‘lanishga qarshi faollikka ega hujayralar tarqalishiga yordam beradi.
«Ushbu parhez adaptiv immun hujayralarining faoliyatini yaxshilashi va COVID-19 bilan bog‘liq xavf-xatarlarni kamaytirishi mumkin», — deyiladi tadqiqotda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Koronavirus antitanalari: Qachon shakllanadi va qanchagacha himoya qila oladi?

Olimlar koronavirusga antitanacha qancha «yashashi»ni aniqlashdi

Olimlar koronavirusdan himoyalovchi tabiiy vositani aniqlashdi

Koronavirusdan o‘lim darajasini ancha pasaytiradigan vitamin nomi oshkor qilindi

Xitoylik olimlar koronavirusda o‘lim xavfini oshiradigan omilni aytishdi

150 kilo ortiqcha vazndan qanday qutulish mumkin?